» » Belaruslik usta chiqindilardan uy qurdi va hovlida muzey yaratdi (foto)

Belaruslik usta chiqindilardan uy qurdi va hovlida muzey yaratdi (foto)


Belarusning Minsk viloyatidagi Snov shaharchasida yashovchi Oleg Prakorina chiqindilardan ikki qavatli uy qurdi. U qurilish ishlarini 1990-yillarning oxirida boshlagan. Bu vaqt ichida qurilish maydonini o‘z ustaxonasiga aylantirgan va ochiq osmon ostida muzey yaratgan. TJournal mazkur uyning suratlarini taqdim etdi.

Uyning achinarli holatiga qaramsdan, ustaning ta’kidlashicha, toshdan qilingan pol yuz yil davomida ta’mirsiz saqlangan.

Prakorinaning ma’lum qilishicha, qurilishga umuman mablag‘ sarflamagan. Traktorchilar ustaga daladan toshlar olib kelib bergan, chiqindichilar esa utilizatsiya qilingan buyumlarni uning hovlisiga tashlab ketgan.

Prakorina yog‘och va tosh o‘yish bilan shug‘ullanadi. U tomonidan bajarilgan ishlarning ko‘pchiligi uy hovlisiga o‘rnatilgan va shu tufayli muzey yuzaga kelgan. Uyning ikkinchi qavatida ustaxona joylashgan.

G‘aroyib uyni tomosha qilish uchun sayyohlar kela boshlagach, Prakorinada qurilishning qonuniyligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kela boshlagan.

Prakorinaning so‘zlariga ko‘ra, u sayyohlarning uyga kirishi uchun pul olish va shaxsiy ko‘rgazma tashkil qilishni rejalashtirmagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-10-2017, 05:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют