» » O‘zbekistonda 2018-yil 1-dekabridan boshlab naqd puldagi hisob-kitoblar faqat onlayn nazorat-kassa mashinalari orqali amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 2018-yil 1-dekabridan boshlab naqd puldagi hisob-kitoblar faqat onlayn nazorat-kassa mashinalari orqali amalga oshiriladi


2018-yil 1-iyulidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida barcha yuridik shaxslar tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda aholi bilan naqd puldagi hisob-kitoblarni majburiy tarzda onlayn nazorat-kassa mashinalari yordamida amalga oshiradi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda ko‘zda tutilgan.

Tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar hajmini aniqlash uchun 2018-yilning 1-yanvaridan 30-martigacha Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida 500 tadan 1000 tagacha bo‘lgan onlayn NKMlar tajriba-sinov tariqasida amaliyotga joriy etiladi.

2018-yilning 1-dekabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda aholi bilan naqd puldagi hisob-kitoblarni majburiy tarzda faqat onlayn NKMni qo‘llagan holda amalga oshiradi.

Qarorning mazkur bandi faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlar sababli nazorat-kassa mashinalarini qo‘llamasdan amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ayrim toifadagi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olinmagan olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan muddatlar tugagandan keyin onlayn NKMlarni qo‘llamasdan tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish nazorat-kassa mashinasini qo‘llash tartibini buzish deb qaraladi va qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Qarorda yuridik va jismoniy shaxslarga onlayn NKMni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют