» » AQSh Davlat Departamenti 2019-yil uchun Green Card lotereyasi boshlanganini e’lon qildi

AQSh Davlat Departamenti 2019-yil uchun Green Card lotereyasi boshlanganini e’lon qildi


AQSh Davlat Departamenti 2019-yil “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar – DV” (Grin Kard) dasturiga ro‘yxatga olish davri 2017-yil 3-oktabrdan 2017-yil 7-noyabrgacha jamoat uchun ochiq bo‘lishini e’lon qildi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Har yili AQSh hukumati AQShga immigratsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar – DV” dasturi orqali 50 000  ta doimiy yashash huquqini beruvchi viza ajratadi.  Vizalar so‘nggi besh yil mobaynidagi immigratsiya ko‘rsatkichlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi; bunda immigratsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarga ko‘proq vizalar miqdori belgilanadi.  Dasturning qat’iy talablariga javob beruvchi vizaga murojaat etuvchilar kompyuter orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Shaxsning ismi lotereyada tanlanishi unga immigratsion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlarini o‘tish imkoniyatini beradi.

Murojaat qiluvchilar DV dasturida 2017-yil 3-oktabr, seshanba kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan boshlab ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.  Ro‘yxatga olish davri 2017-yil 7-noyabr, seshanba kuni, Toshkent vaqti bilan 22:00 da tugaydi.  Barcha arizalar elektron ravishda ro‘yxatga olish davrida http://www.dvlottery.state.gov sahifasi orqali topshirilishi shart. DV lotereyasiga ariza berish uchun hech qanday haq olinmaydi.  Barcha murojaatchilar arizalarining maqomini keyinchalik tekshirish uchun, arizalarini topshirib bo‘lganlaridan so‘ng, o‘z tasdiqlov varaqlarini bosmadan chiqarib, saqlab qo‘yishlari shart.  Murojaat etuvchilarga arizalarini topshirish uchun ro‘yxatga olish davrining so‘nggi haftasigacha kutmaslik tavsiya etiladi.  Dunyo bo‘yicha talabning o‘ta yuqoriligi internet sahifasi ishining sekinlashuviga olib kelishi mumkin.  2017-yil 7-noyabr soat 22:00 dan keyin birorta ham ariza qabul qilinmaydi.

2018-yil 1-maydan boshlab, qatnashchilar o‘zlarining arizalari ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi varaqlaridan foydalanib, Davlat departamentining internet sahifasida immigratsion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlariga o‘tish uchun tanlangan yoki tanlanmaganliklari haqida  ma’lumotlarni bilib olishlari mumkin. Murojaatchilarga o‘z tasdiqlov varaqlarini printerda chop etib olishni va 2019-yil 30-sentabrga qadar, ular lotereyada g‘olib bo‘lgan yoki bo‘lmaganliklaridan qat’iy nazar, saqlab qo‘yishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.

DV Lotereyasining talablariga javob berish uchun murojaat etuvchi ushbu lotereyada qatnashishi mumkin bo‘lgan davlatlardan biri, shu jumladan, O‘zbekistondan bo‘lishi va o‘rta maktab darajasiga teng ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.  Ariza topshirish va talablarga javob berishga oid qo‘shimcha ma’lumot AQSh Davlat departamentining https://travel.state.gov/content/visas/en/immigrate/diversity-visa/instructions.html  sahifasida e’lon qilingan “DV-2019 dastur yo‘riqnomasi”dan olinishi mumkin.

Garchi ko‘plab kompaniyalar “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar” dasturiga ariza topshirish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etsalar ham, ularning xizmatlaridan foydalanish shaxsning lotereyada g‘olib bo‘lish ehtimolligini hech qaysi yo‘l bilan oshirmasligini ma’lum qilamiz.  Ba’zi hollarda esa, ayrim firmalar g‘oliblardan katta miqdorda pul talab qilishadi yoki tovlamachilik bilan shug‘ullanishadi. Shuni ham unutmangki, DV lotereyasida g‘olib bo‘lgan shaxs AQSh elchixonasi yoki Konsullik bo‘limiga o‘z viza suhbati uchun kelguniga qadar, AQSh Davlat departamenti mazkur dastur bo‘yicha hech qanday to‘lovlar olmaydi.  Dastur qatnashchilariga viza suhbatiga kelishdan avval “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar” dasturi bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirishni so‘rab yo‘llangan har qanday xat yoki e’lonlar firibgarlar ishi bo‘lib, bunday xat-xabarlarga ishonmaslik kerak.

AQSh elchixonasi “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar” dasturida qatnashishni istagan barcha kishilarga shuni ma’lum qiladiki, elchixona va AQSh Davlat departamenti mazkur lotereya va uning talablari bo‘yicha yagona vakolatli ma’lumot manbalaridir.  2017-yilning 5-oktabrida, shunnigdek, 12-oktabr, 19-oktabr va 26-oktyabrda elchixona DV lotereyasini muhokama qilish uchun jamoat uchun ochiq bo‘lgan Internet-chat o‘tkazadi.  AQSh elchixonasi YouTube tarmog‘ining https://www.youtube.com/watch?v=P3-K23vuFu8&feature=youtu.be manzilida DV dasturi haqida ma’lumot beruvchi o‘zbek tilidagi videolavhani omma e’tiboriga taqdim etdi.  Bir oy davomida elchixona DV lotereya dasturiga oid ma’lumot va maslahatlarni Twitter va Facebook kabi ijtimoiy tarmoq sahifalarida chop etadi. DV 2019 dasturi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar va omma uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida ma’lumot olish uchun elchixonaning https://uz.usembassy.gov/visas/immigrant-visas/immigrant-visas-diversity-visa-program/ manzilida joylashgan Internet sahifasiga muntazam kirib turishingizni so‘raymiz.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-10-2017, 10:27)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют