» » Matbuot anjumaniga futbol fanatlarini kiritgan “Navbahor” PFL tomonidan jarimaga tortildi

Matbuot anjumaniga futbol fanatlarini kiritgan “Navbahor” PFL tomonidan jarimaga tortildi


O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Namanganning “Navbahor” futbol klubini jarimaga tortdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Sabab sifatida Oliy Liga 23-turidan joy olgan “Navbahor” — “Paxtakor” o‘yinidan keyingi mojaro ko‘rsatib o‘tilgan. Avvalroq o‘yindan keyingi matbuot anjumaniga jurnalistlardan tashqari bir qator futbol fanatlari kirib kelgani va yakunda “Paxtakor” matbuot kotibi hamda muxlislar o‘rtasida janjal kelib chiqqani aytilgandi.

PFL vakili sifatida Namangandagi o‘yinga Aleksey Frolov tashrif buyurgan. U o‘zining bayonnomasida aynan nimalarni ko‘rsatgani aytib o‘tilmagan. Tashkilot shunchaki o‘z reglamentining bir qator bandlarini asos sifatida ko‘rsatib, “Navbahor” jarimaga tortilganini oshkor qilgan. Doimgidek, jarima miqdori va uning qachongacha to‘lab berilishi masalasi ko‘rsatib o‘tilmagan.

“Navbahor” bu kamchilikka kelgusida qo‘l ursa, yanada jiddiy choralar ko‘rilishi eslatilgan. O‘sha choralar aslida nima ekani aytilmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют