» » O‘zbekistonda umumrespublika kino prokati tarmog‘i tashkil etiladi

O‘zbekistonda umumrespublika kino prokati tarmog‘i tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27-sentabrdagi PQ–3292-son qarori bilan joriy yilning 7-avgustida qabul qilingan PQ–3176-son “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar berdi Norma.

Kiritilgan tuzatishlarga ko‘ra, 2017–2019-yillarda O‘zbekiston hududida zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘i quriladi (ilgari hududiy madaniy-ko‘ngilochar komplekslar yaratish ko‘zda tutilgan, aniq muddatlari aytilmagan).

Kinoteatrning birinchi qavatida savdo-ko‘ngilochar obyektlar, ikkinchi qavatida zamonaviy kinozallar bo‘ladi. Kinoteatrlarning namunaviy loyihasi kelasi yilning boshiga ishlab chiqilishi kerak.

Qurilish jadvallari Vazirlar Mahkamasi tomonidan TIF MB bilan birgalikda tasdiqlanadi. Ularda loyiha tashabbuskorlari — tadbirkorlik subyektlari tomonidan kinoteatrlarni barpo etish, shuningdek, ularni jihozlash va faoliyatini boshlashning aniq muddatlari ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, Hukumatga 2018—2019-yillarda yagona repertuar siyosatini olib borish maqsadida umumrespublika kino prokati konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish topshirilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 2017-yilning 29-sentabridan kuchga kirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют