» » NASA yo‘ldoshlari kattaligi Estoniya maydoniga teng bo‘lgan yirik aysbergning suratini oldi

NASA yo‘ldoshlari kattaligi Estoniya maydoniga teng bo‘lgan yirik aysbergning suratini oldi


NASA yo‘ldoshlari joriy yilning iyul oyida Larsen muzligining parchalanishidan so‘ng ilk marta gigant aysbergning suratini olishga muvaffaq bo‘ldi va uning bo‘laklanayotgani belgilarini qayd etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Iyulda Antarktida hududida qutb kechasi hukmronlik qildi, shuning uchun olimlar mazkur aysbergni radarlar va infraqizil tasvirlardan foydalangan holda o‘rganishga majbur bo‘ldi. Ilk fotosuratlar sentabrning o‘rtalarida olindi. Bir necha hafta davom etgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, A-68 aysbergi dastlab oldinga va ortga harakatlanib turdi, buning natijasida esa u ikki bo‘lakka bo‘lindi”, — deyildi NASA xabarida.

Iqlimshunos va okeanshunoslar hamda boshqa olimlar uzoq vaqtdan beri iqlimning o‘zgarishi asosan sayyoradagi shimoliy muz zahiralari—Grenlandiya va Shimoliy qutb muzliklarining parchalanishiga olib keladi, deb hisoblab kelar edi.

So‘nggi yillarda esa bu tushuncha o‘zgara boshladi, sababi olimlar birinchi bo‘lib shimoliy muzliklar emas, Antarktidaning bir qismi parchalanishini aniqladi. Bu esa dengiz sathining halokatli ko‘tarilishiga olib keladi.

Shu sababdan ham IceBridge loyihasi doirasida  NASA razvedka bilan shug‘ullanuvchi samolyotlar yordamida janubiy muzliklarni muntazam kuzatib boradi. EKA esa ularning holatini Sentinel-1 va CryoSat-2 yo‘ldoshlari orqali kuzatadi.

Mazkur tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, parchalanishga eng moyil bo‘lgan birinchi “nomzod” Larsen muzligi hisoblanadi.

U 1995-yilda parchalana boshlagan. IceBridge’ning ma’lumotlariga ko‘ra, muzlikning so‘nggi bo‘laklari joriy yilning yozida parchalanishi kerak edi.

Shunday bo‘ldi ham. NASA tomonidan olingan suratlarga ko‘ra o‘tgan yilning dekabr oyida Larsen muzligida uzunligi 112 kilometr, eni 100 metr bo‘lgan ulkan yoriq paydo bo‘ldi.

Bu yoriq 2017-yilda kattara boshladi va uzunligi 200 kilometrga yetdi. Natijada esa maydoni 6500 kavdrat kilometr bo‘lgan ulkan aysberg yuzaga keldi. Uning maydoni kattaligi bo‘yicha Estoniya davlatinikiga teng keladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-10-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют