» » Facebook AQShdagi saylovlar vaqtida e’lon qilingan Rossiya reklamalari haqida Kongressga hisobot berdi

Facebook AQShdagi saylovlar vaqtida e’lon qilingan Rossiya reklamalari haqida Kongressga hisobot berdi


Facebook kompaniyasi AQShda bo‘lib o‘tgan saylovlar vaqtida Rossiyadan ijtimoiy tarmoqqa turli siyosiy maqsadlarni ko‘zlab joylashtirilgan reklama e’lonlari haqida Kongressga batafsil ma’lumot berdi. Facebook matbuot xizmatining ta’kidlashicha, umumiy miqdorda ushbu e’lonlarni AQShda 10 millionga yaqin odam ko‘rgan, deb xabar berdi Meduza.

Ijtimoiy tarmoq bu turdagi e’lonlarning uch mingga yaqinini topgan. Ularning aksariyati ijtimoiy, siyosiy va irqiy masalalarga tegishli.

2016-yilning 8-noyabridagi saylov kuniga qadar ushbu reklamalarning tomosha qilinganligi foizi 44 ga teng, qolgan 56 foizi saylovlardan keyin ko‘rilgan.

Barcha e’lonlar aniq maqsadga, ya’ni muayyan manfaatlarga ega bo‘lgan muayyan demografik guruhlarga qaratilgan.

Facebook’ning qayd etishicha, ular shubhali reklamalarni birdaniga aniqlay olishmagan, chunki ijtimoiy tarmoqqa juda ko‘p reklamalar joylashtiriladi va ularning barchasini tekshirishning imkoni yo‘q. Ijtimoiy tarmoqning ta’kidlashicha, ushbu e’lonlarning aksariyati Facebook qoidalarini buzmagan.

Facebook ijtimoiy tarmog‘i 2017-yilning sentabr oyi boshida AQShdagi saylovlardan oldin siyosiy reklama tarqatgan 470 ta soxta akkaunt va sahifalar haqida xabar bergandi.

AQShda prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuvi haqida keng ko‘lamli tergov ishlari boshlagan. Amerika maxsus xizmatlarining hisoblashicha, rossiyalik xakerlar Kreml topshirig‘iga binoan demokratlarning yozishmalarini qo‘lga kiritib, Donald Trampning g‘alabasiga yordam berish maqsadida ularni saylovdan oldin tarmoqqa joylashtirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют