» » Niderlandiyadan Farg‘onada istiqomat qiladigan fuqaro nomiga kelgan konvert ichida marixuana borligi aniqlandi

Niderlandiyadan Farg‘onada istiqomat qiladigan fuqaro nomiga kelgan konvert ichida marixuana borligi aniqlandi


Niderlandiyadan Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Q.Qayumov nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasini ko‘zdan kechirish davomida bojxonachilar ushbu jo‘natmada 10 grammga yaqin marixuana va gashish narkotik moddalari yuborilganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Amaldagi tartiblarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish taqiqlanadi.

Toshkentda istiqomat qiluvchi B.Diyorov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) nomiga Rossiyadan yuborilgan pochta jo‘natmasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, ov qurollari uchun mo‘ljallangan salkam 9 kilogramm og‘irlikdagi 1250 dona bo‘sh gilzalar yuborilganligi aniqlandi. Oradan 10 kun o‘tmay xuddi shu manzildan pochta jo‘natmasi orqali yana ushbu fuqaroga 9 kilogrammdan ortiq og‘irlikdagi 1300 dona bo‘sh gilzalar yuborilgan.

2008-yil 12-avgustda Jenevada imzolangan Xalqaro pochta Konvensiyaga hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011-yil 18-aprelda 2219-son bilan ro‘yxatga olingan “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish” Qoidalariga asosan pochta jo‘natmalari orqali o‘q-dorilar va giyohvandlik vositalarini jo‘natilishi taqiqlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют