» » Toshkentdagi yangi binolarning ustki qismi ko‘pincha sarg‘ish rangga bo‘yalishi sabablari ma’lum qilindi

Toshkentdagi yangi binolarning ustki qismi ko‘pincha sarg‘ish rangga bo‘yalishi sabablari ma’lum qilindi


Toshkent shahar hokimligida 3-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Asomiddin Tojiyev poytaxtdagi uylarning ustki qismi nima sababdan asosan sarg‘ish rangga bo‘yalayishiga to‘xtalib o‘tdi.

“Poytaxtda qurilayotgan uylarning ustki qismini istalgan rangga bo‘yash mumkin. Bizda bunga ruxsat bor. Biroq, shu bilan birga, bizning o‘z milliy ranglarimiz bor. Masalan, qizil — bizning yashash sharoitlarimizga unchalik mos emas. Bu rang shimoliy mintaqada joylashgan mamlakatlarga xos”, — dedi Tojiyev.

Asomiddin Tojiyev arxitektor sifatida uy va binolarning qora va qizil rangda bo‘lishini ko‘p ham ma’qullamasligini bildirdi. Uning fikricha, qora — motam rangi, qizil esa eskitdan O‘zbekiston me’morchiligida qo‘llanilmagan.

“Binolarning tashqi tomoni u qurilayotgan mamlakatga ham bog‘liq. G‘arbliklar boshqa ranglarni ma’qul ko‘radi, bizning esa o‘z ranglarimiz bor. Shuningdek, uy va binolarning tashqi tomoni qanday rangda bo‘lishi buyurtmachi bilan ham maslahatlashiladi. Hammaning o‘z dunyoqarashi va didi bor. Uylar va binolarning tashqi tomonini rang-barang tarzda bezatish rejada bor”, — deya qo‘shimcha qildi Asomiddin Tojiyev.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-10-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют