» » Toshkentdagi “Chorsu” mehmonxonasi va bozori o‘rtasidagi hududda turistik marshrut barpo etiladi

Toshkentdagi “Chorsu” mehmonxonasi va bozori o‘rtasidagi hududda turistik marshrut barpo etiladi


Toshkent shahar hokimligida 3-oktabr kuni poytaxtda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida ishtirok etgan shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Asomiddin Tojiyev Toshkent shahriga xorijiy sayyohlarni jalb qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

“Toshkent shahriga sayyohlar qadimiy va tarixiy obidalarni ko‘rish uchun tashrif buyuradi. Poytaxtga sayyohlarni jalb etish maqsadida ‘Chorsu’ mehmonxonasi va bozori o‘rtasidagi hududda yangicha bozor va turistik marshrut barpo etiladi. Bu marshrut Chorsu bozori yaqinidagi Ko‘kaldosh masjididan boshlanadi, Zarqaynar orqali o‘tib, Xasti Imom kompleksida yakunlanadi. Bu judayam qiziqarli loyiha bo‘ladi”, — deydi Asomiddin Tojiyev.

Shuningdek, shahar bosh arxitektori o‘rinbosari “Chorsu” mehmonxonasi ham ayni paytda qayta rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Mazkur inshoot to‘rt yulduzli mehmonxona sifatida ish boshlashi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют