» » Naqd berilishi kechikayotgan dollar, Toshkentda o’lim bilan tugayotgan YTHlar, Jasur Ibrohimov ishidagi bir-biriga zid ko‘rsatmalar va kunning boshqa muhim xabarlari

Naqd berilishi kechikayotgan dollar, Toshkentda o’lim bilan tugayotgan YTHlar, Jasur Ibrohimov ishidagi bir-biriga zid ko‘rsatmalar va kunning boshqa muhim xabarlari


3-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. “To‘qqiz qavatli Sergeli”da 2017-yilda to‘qqiz qavatli uylar kran yo‘qligi uchun qurilmadi. Yangi binolarining ustki qismi ko‘pincha sarg‘ish rangga bo‘yaladigan Toshkentda 2018-yildan 9, 12, 14 va 16 qavatli monolit uylar quriladi.

2. AQSh Davlat Departamenti 2019-yil uchun Green Card lotereyasi boshlanganini e’lon qildi. 2019-yil “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar – DV” (Grin Kard) dasturiga ro‘yxatga olish davri 2017-yil 3-oktabrdan 2017-yil 7-noyabrgacha jamoat uchun ochiq bo‘ladi.

3. Toshkentda 8 kunda 5 kishi YTH qurboni bo‘ldi. “O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining faoliyati samarasiz tashkil etilganini tan olish vaqti kelmadimikan?”

4. Jasur Ibrohimovning kursdoshlari bir-biriga zid ko‘rsatma berdi. Jasurning kollejdagi do‘sti va kursdoshi Temur o‘z ko‘rsatmalari davomida “razbor” uchun ko‘chaga chiqish taklifi Islom To‘laganovdan chiqqanini aytgan bo‘lsa, Jasurning yana bir o‘rtog‘i, partadoshi — Begzod Sobirov — yigitlarni tashqariga chaqirgan aslida Jasur ekanligini qat’iy ta’kidladi.

5. O‘zbekistonda hozircha naqd valyuta sotilishi boshlanmadi. Hukumatning tegishli hujjati hali tayyor emas. Oldinroq bosh vazir Abdulla Aripov 1-oktabrdan e’tiboran aholiga naqd valyuta sotib olish ruxsat etilishini bildirgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-10-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют