» » IShID asirga olingan rossiyalik harbiylar ishtirokidagi videoni e’lon qildi

IShID asirga olingan rossiyalik harbiylar ishtirokidagi videoni e’lon qildi


IShID terrorchi guruhi e’lon qilgan yangi videoda Dayr az-Zavr uchun janglarda asir olingan ikki rossiyalik harbiy xizmatchi ko‘rsatildi. Bu haqda, terrorchilarning xatti-harakatini kuzatuvchi SITE Intelligence Group tashkilotiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Videodagi erkaklardan biri o‘z ismini aytadi. Ma’lum bo‘lishicha, u 1979-yili tug‘ilgan Zabolotniy Roman Vasilyevich bo‘lib, Rostov viloyatini Aksay tumani Rassvet qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan. Mahbusning aytishicha, uning yonida o‘tirgan kishi 1978-yili tug‘ilgan Surkanov Grigoriy Mixaylovich bo‘lib, u Moskva viloyatining Domodedovo tumanida tug‘ilgan.

Video of 2 captured Russian soldiers from Amaq confirms earlier news that ISIS did capture them. pic.twitter.com/uIsC9HA1Km

— AlqalaamVID (@AlqalaamVID) October 3, 2017

Muqaddam IShID ikki nafar harbiy xizmatchi asir olinganini ma’lum qilgan, ammo Rossiya mudofaa vazirligi buni inkor etgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют