» » Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya parlamenti a’zosi Iltaf Shayxni qabul qildi

Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya parlamenti a’zosi Iltaf Shayxni qabul qildi


3-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya parlamenti lordlar palatasi a’zosi, “Britaniya – O‘zbekiston” parlament hampartiyaviy guruhi raisining o‘rinbosari, lord Iltaf Shayxni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mehmon Toshkentga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekistonning tashqi siyosati harakatlar strategiyasi doirasida” xalqaro davra suhbatida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan edi.

Tashqi ishlar vazirligidagi suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Buyuk Britaniya aloqalarini yanada rivojlantirish va unga yangi dinamika berish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, parlamentlararo muloqot ikki tomonlama munosabatlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashda rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Muzokaralar chog‘ida hamkorlikdagi bo‘lajak tadbirlar, jumladan London shahrida Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston – Buyuk Britaniya kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-10-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют