» » Sayyorashunoslar Marsda suyuq suvdan okeanlar qanday hosil bo‘lganini aniqladi

Sayyorashunoslar Marsda suyuq suvdan okeanlar qanday hosil bo‘lganini aniqladi


Mars yuzasidagi suyuq suvli okeanlar vulqonlar otilishi yoki asteroidlar qulashi natijasida emas, balki muz ichidagi muzlagan metan portlashi natijasida hosil bo‘lgani ehtimoli yuqori. Olimlarning bu boradagi tadqiqotlari natijalari Nature Geoscience jurnalida chop etildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Mars okeanlarini eritish uchun nisbatan kam hajmdagi metan klatratlar kerak bo‘lib, ularning qalinligi, agar butun sayyora yuzasi bo‘ylab taqsimlansa, oddiy taqsimcha yuzasidan yupqaroq bo‘ladi. Ularning portlashi va atmosferaga metanning chiqarilishi Marsdagi havo haroratini million yilga o‘nlab darajaga ko‘tarish uchun yetarli”, — ma’lum qildi Chikago universiteti vakili Edvin Kayt.

Oxirgi yillarda olimlar uzoq o‘tmishda Marsda daryolar, ko‘llar va butun boshli okeanlar bo‘lgani, ulardagi suv hajmi Yerdagi Shimoliy muz okeanidagi suv hajmiga teng bo‘lganini isbotlovchi ko‘plab dalillar topdi.

Boshqa tomondan, sayyorashunoslarning bir qismi Mars qadimda doimiy okeanlar uchun sovuqlik qilganini, faqat vulqon otilishi tufayli suvlar eriganini taxmin qilib kelmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-10-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют