» » O‘zbekiston va Rossiya savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Rossiya savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda


Yaqin ikki yil ichida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 8–10 milliard dollarga yetishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 3-oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Rossiya biznes-forumida aytildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Bu boradagi rejalarga O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev to‘xtalib o‘tdi. U savdo aylanmasi ikki yil ichida 8–10 milliard dollarga yetkazilishini bildirdi.

Tashqi savdo vaziri O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlarining yetkazib berilishiga yashil koridor ochilganini hamda uning ishini yuksak baholadi. 2017-yil yakunlariga ko‘ra u orqali amalga oshirilgan yetkazmalar hajmi kutilgan 500 million dollardan oshib, 1 milliard dollarni tashkil etishi mumkin.

Bundan tashqari, avtosanoat sohasidagi kooperatsiya nazarda tutilmoqda.

“Shuningdek, biz tekstil mahsulotlari yetkazish bo‘yicha yashil koridor tashkil etish taklifi bilan chiqdik”, — ma’lum qildi Elyor G‘aniyev.

Uning so‘zlariga qaraganda, 2018-yili bu yo‘nalishdagi savdo hajmini 700 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-10-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют