» » Russian Standart kompaniyasi O‘zbekistonda zavod ochishni rejalashtirmoqda

Russian Standart kompaniyasi O‘zbekistonda zavod ochishni rejalashtirmoqda


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi binosida vinochilik va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritib kelayotgan, jumladan, Niderlandiya, Italiya, Ispaniya, Estoniya, Latviya, Germaniya, Gruziya, Rossiya, Ukraina kabi Yevropaning eng yirik kompaniyalari vakillari jamlandi. Bu haqda palataning axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir doirasida mehmonlar uchun investitsion muhitni takomillashtirish bo‘yicha mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida O‘zbekistonning salohiyatiga doir taqdimotlar o‘tkazildi.

Tadbirda Russian Standart kompaniyasining vakili Sergey Pushchinskiy ma’lum qilishicha, kompaniya jahonning 80 ta davlatida mavjud bo‘lib, tarmoqdagi eng mashhur brendlardan biri sanaladi. Kompaniya rahbariyati tomonidan O‘zbekistonda ham zavod ochish masalasi ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekistonga tashrif doirasida kompaniya Savdo-sanoat palatasi ko‘magida mahalliy “Saphir Group” MChJ bilan joriy yildayoq zavodni qurish bo‘yicha qo‘shma ishni boshlash to‘g‘risida kelishuvga erishgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 00:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют