» » Tramp Puerto-Rikoda olomonga qog‘oz sochiqlar otmoqda (video)

Tramp Puerto-Rikoda olomonga qog‘oz sochiqlar otmoqda (video)


Donald Tramp 3-oktabr kuni “Mariya” dovulidan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Puerto-Rikoga keldi, deb yozadi TJournal. Karib dengizidagi orol davlatning deyarli barcha aholisi — AQSh fuqarolari.

Tashrifi chog‘ida AQSh prezidenti mahalliy hukumatga kam sonli qurbonlar bilan “faxrlanish”ni maslahat berdi (16 kishi halok bo‘lgan) va buni “Katrina” dovuli chog‘idagi raqamlar bilan qiyosladi — 2005-yilda 1833 kishi halok bo‘lgan edi.

Tramp cherkovda mahalliy aholi bilan uchrashdi. U dastlab ehtiyojmandlarga bir necha quti guruch uzatdi, so‘ng gumanitar yordam tarqatishning ancha noodatiy usulini sinab ko‘rdi: u olomonga qog‘oz sochiqlarni ota boshladi.

Odamlar bunday qog‘oz sochiqlarning ikkita o‘ramini tutib oldi, qolgani yerga tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Trampni basketbolchi Kobi Brayantga taqqoslashdi.

Pres. Trump tosses rolls of paper towels to crowd in Puerto Rico amid visit to survey damage from Hurricane Maria https://t.co/zAWvJAzETI pic.twitter.com/75apqwjODW

— ABC News (@ABC) October 3, 2017

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-10-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют