» » Sergey Lavrov: AQSh Suriyada Rossiya harbiy xizmatchilariga qarshi o‘ta xavfli fitnalar uyushtirmoqda

Sergey Lavrov: AQSh Suriyada Rossiya harbiy xizmatchilariga qarshi o‘ta xavfli fitnalar uyushtirmoqda


AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriyada Rossiya harbiy xizmatchilariga qarshi o‘ta xavfli fitnalar uyushtirmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Ash-Sharq Al-Avsat” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Gazeta.ru”. 

“Suriyada AQSh yetakchiligidagi kuchlarga ko‘pdan-ko‘p savollarimiz bor. Ular goh ‘tasodifan’ Suriya qurolli kuchlariga zarbalar beradi va shundan so‘ng IShID jangarilari qarshi hujumga o‘tadi. Dam rasmiy Damashqning qonuniy hokimiyati tiklangan strategik muhim punktlarga terrorchilarni undaydi, goh harbiy xizmatchilarimizga qarshi o‘ta xavfli fitnalar uyushtiradi”, — dedi Lavrov. 

Sergey Lavrov ikkiyoqlamalikka yo‘l qo‘yilmasligi Rossiya siyosatining afzalligi ekanligi, Rossiya harbiylarining Suriyadagi operatsiyada ishtiroki samarali bo‘layotganini aytib o‘tdi. 

“IShID aynan Rossiya harbiy-koinot kuchlari zarbalari va Suriya armiyasining siquvi natijasida parokanda bo‘ldi”, — ta’kidladi Rossiya TIV rahbari.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-10-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют