» » AQSh Pokiston razvedkasini terrorchilar bilan aloqalarda aybladi

AQSh Pokiston razvedkasini terrorchilar bilan aloqalarda aybladi


Pokiston muassasalararo razvedka boshqarmasi (ISI) terrorchi guruhlar bilan aloqalarga ega. Bu haqda AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Jozef Danford ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters.

AQSh rasmiylari Pokiston jangarilar guruhlari, jumladan, “Tolibon” va “Haqqoniy tarmog‘i”ga qarshi harakat qilishni istamasligidan allaqachon hafsalasi pir bo‘lgani bildirilmoqda.

O‘tgan yil iyulida Afg‘oniston razvedkasining sobiq rahbari Rahmatulla Nabil Pokiston rasmiylari toliblar va “Haqqoniy tarmog‘i”ga 2014—2015-yillarda yordam berganligini isbotlovchi hujjatlarni e’lon qilgandi. Materiallar orasida terrorchilarga Pokiston hududida boshpana berish va Kobul aeroportiga hujum uchun mukofot va’da qilish haqidagi ko‘rsatmalar mavjud.

Nabil hujjatlarni qayerdan olganligini ma’lum qilmadi, ularning haqiqiy ekanligi ham tasdiqlanmadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют