» » Mazali tvorogli ponchik pishiramiz

Mazali tvorogli ponchik pishiramiz


Ko‘pchiligimiz sevib iste’mol qiladigan ponchik (yog‘da ko‘pchib pishgan kulcha) ko‘p vaqt va masalliq talab qilmaydi.

Tuxumlarni shakar va tvorog bilan aralashtiring.

Un, razrixlitel va vanilinni alohida aralashtirib, uni tvorog va tuxum aralashmasiga qo‘shing. Silliq massa hosil bo‘lgunicha yaxshilab aralashtiring.

Qo‘lingizni suvga ho‘llab, xamirdan bo‘lakchalar uzib oling va ularni dumaloqlang. Bunday miqdordagi masalliqlardan taxminan 30—35 ta xamir yumaloqchalari hosil bo‘ladi.

Qozonni qizdirib, yog‘ soling.

Yumaloqchalarni qaynab turgan yog‘ga solib, yuzaga qalqib, chiqqach, ehtiyotkorlik bilan ag‘daring. Eng past olovda qovuring.

Qip-qizil bo‘lib pishib chiqqan bo‘g‘irsoqchalarni pergament ustiga qo‘ying, shunda ular ortiqcha yog‘dan xalos bo‘ladi.

Ponchiklarga shakar upasi seping.

Manba: “Xitrosti jizni”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-10-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют