» » Foto: O‘zbekistonlik yosh kelin-kuyov to‘yi kuni mehribonlik uylari bolalari uchun bayram uyushtirdi

Foto: O‘zbekistonlik yosh kelin-kuyov to‘yi kuni mehribonlik uylari bolalari uchun bayram uyushtirdi


O‘zbekistonlik yosh kelin-kuyov to‘yi kuni mehribonlik uylari bolalari uchun bayram uyushtirdi. Bu haqda Facebook’dagi ommabop guruhlarda fotoxabarlar qoldirilgan.

Xabarlarda kuyovning ismi Behzod, kelinning ismi esa Dilafruz ekani ma’lum qilingan. To‘y qachon, qayerda bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

Suratlarda to‘yxonaga yig‘ilgan ko‘p sonli bolalarni ko‘rish mumkin. Bir suratda yosh kelin-kuyov qo‘lida bolalar bilan aks etgan.

Facebook’dagi fotoxabarlar ostida izoh qoldirganlar yoshlarning mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarga ko‘rsatgan mehribonchiligini olqishlagan. “Barakalla!”, “Baxtli bo‘linglar!” kabi kommentlarni ko‘plab uchratish mumkin.

“Kuyov bolaning onasi o‘g‘il tug‘ib, erkak qilib tarbiyalapti. Avvalo ota-onasiga rahmat!”, — deb yozgan foydalanuvchilardan biri. U kabi kelin-kuyovning ota-onasiga rahmat aytganlar ko‘plab topiladi.

“Barakalla, bunaqasi hali bo‘lmagan! Katta baxt va saodat tilayman! Kelin bolaga ham gap yo‘q, hamma qizlar ham bunaqa to‘yga ko‘nmaydi”, — deb fikr bildirgan yoshlarni tabriklagan ayollardan biri. Ko‘pchilik ularga havasi kelayotganini ham tan olgan.

Bir guruh foydalanuvchilar Behzod va Dilafruzning bu qarori dabdabali, xo‘jako‘rsinga to‘y o‘tkazish niyatidagilar uchun haqiqiy ibrat ekanini ta’kidlagan. “Qorni to‘q qarindoshlarni to‘ydirgandan, shunday bayram o‘tkazgan yaxshi”, — deb yozadi ulardan biri.

Fikr bildirganlar orasida Behzodning do‘stlari ham bor: “Bu bizning Behzod! Barakalla, do‘stim! Ilohim, baxtli bo‘lgin! Shu ishing zo‘r bo‘libdi!”, — deb yozgan Shahzod Qodirov.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют