» » O‘zbekiston senatorlari Davlat veterinariya qo‘mitasining huquqiy asosini tasdiqladi

O‘zbekiston senatorlari Davlat veterinariya qo‘mitasining huquqiy asosini tasdiqladi


Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Davlat veterinariya qo‘mitasining huquqiy asosi bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya xizmati Davlat veterinariya qo‘mitasiga aylantirilgan edi.

Farmon talablaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, “Veterinariya to‘g‘risida”gi, “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidan.

Mavzuga doir: Majburiy ijro byurosi sabab O‘zbekistonning 9 kodeksi, 10 ga yaqin qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

“Bu o‘zgarishlar veterinariya sohasidagi faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi hamda tadbirlar va dasturlarni ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarning, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi”, — deb yozadi O‘zA.

Bundan tashqari, mazkur qonun sohada ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalarini veterinariya amaliyotiga joriy etishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Senati ayblanuvchiga tegishli bo‘lmagan jinoyat qurolini egasiga qaytarish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют