» » Fotogalereya: Yozgi transfer oynasining eng qimmat 10 ta xaridi

Fotogalereya: Yozgi transfer oynasining eng qimmat 10 ta xaridi


Yozgi transfer bozorida bir qator xaridlar amalga oshirildi. Bu borada Angliya va Ispaniyaning grand klublari barchaning diqqat markazida turgani rost. Endi esa ular safiga Fransiya klublari ham qo‘shilayotganini ko‘rish mumkin.

Quyida eng katta 10 ta xarid keltirib o‘tilgan.

“Chelsi”ga Joze Mourinyo sabab qaytgan yarim himoyachi, sobiq ustozining yoniga — Manchesterga borishga qaror qildi.

“Everton” Uels klubi hisob raqamiga shuncha o‘tkazib berdi. Gilfi chindan ham shunga arziydimi aytish qiyin. Shunchaki, transfer bozori chegara bilmayotganidan kelib chiqilsa, bu kimgadir oddiy bo‘lib ko‘rinar.

“Manchester Siti” Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumida “Monako” dovonidan o‘ta olmagandi. Shundan kelib chiqib, Gvardiola asosiy e’tiborini Fransiya chempioniga qaratdi.

“Tottenhem” Maurisio Pochettino bilan yangi davr boshlay oldi. Tayyor yulduzlarni deyarli sotib olmaydigan “shporlar”, tayyor yulduz yetishtirib beradigan fakbrikaga aylandi, qo‘ydi. Uoker “shaharliklar”ning ikkinchi yirik xaridi bo‘ldi.

Lionliklar safida porlagan hujumchini tabiiyki, birinchilardan bo‘lib Arsen Venger payqadi va uni xarid qildi.

Ha, “Manchester Siti” klubi rahbariyati pulni qayerga qo‘yishni bilmayapti. Bilganida himoyachi uchun shuncha to‘larmidi? Eslab qoling, bu tarixdagi eng qimmat himoya chizig‘i vakili bo‘ladi.

“Chelsi” safida gollar urishni boshlagan Morata londonliklarni ko‘proq xursand qilishdan ko‘ra, “Real” muxlislarining dilini o‘rtamoqda. Zidan kelib chiqishi o‘ziga juda o‘xshash bo‘lgan Karim Benzema bilan qolishni istagach, Morata tinchgina ketishga qaror qildi.

Moratadan qimmatroqqa tushdi Lukaku “Manchester Yunayed” uchun. Ammo uning ham foydasi allaqachon tegishni boshladi. Mourinyo Morata va Lukaku variantidan birini tanladi — shunisini.

“Barselona” qaltis vaziyatda qolib ketgani va parijliklardan 222 million olib qo‘ygani uchun ham Dembele qimmatga tushdi. Chunki kataloniyaliklarning boshqa chorasi qolmagandi. Neymarga zudlik bilan o‘rinbosar kerak edi. U topildi, jamoasini esa ko‘ndirish oson bo‘lmadi. Aksiga olib, Dembele o‘zining ikkinchi o‘yinidayoq jarohat oldi.

“PSJ” esa bu futbolchining jamoasi bilan hisoblashib ham o‘tirmadi va Neymarni toj-u taxtiga qo‘shib, ko‘tarasiga sotib ola qoldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют