» » Toshkentdagi Inha univeristetida SAP Next-Gen Lab laboratoriyasi tashkil etiladi

Toshkentdagi Inha univeristetida SAP Next-Gen Lab laboratoriyasi tashkil etiladi


Toshkentdagi Inha universiteti SAP Next-Gen Lab laboratoriyasi tashkil etiladi. Bu haqda universitet matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi, shuningdek, O‘zbekiston AKT sohasi vakillarining Kaliforniyadagi Kremiy vodiysiga safari davomida Toshkentdagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev ham delegatsiya bilan birga bo‘lgan.

Tashrif davomidagi muzokaralar yakuniga ko‘ra, Toshkentdagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev SAP va Openbucks kompaniyalari bilan anglashuv memorandumlarini imzolagan.

Avvalroq Toshkentdagi Inha universiteti onlayn to‘lov tarmoqlarini yaratishda yetakchi bo‘lgan Openbucks kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolagani, amerikalik ekspertlar o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuvlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan Silicon Valley Talks loyihasi doirasida tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.

Universitet matbuot xizmatining qayd etishicha, SAP bilan imzolangan hujjat doirasida oliy o‘quv yurtida SAP Next-Gen Lab laboratoriyasini tashkil etiladi. Bu laboratoriyada universitet talabalarini jalb etgan holda sanoat korxonalari va buyurtmachilar uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqariladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют