» » To‘raqo‘rg‘onda umumiy qiymati 13 mlrd 500 mln so‘m bo‘lgan Is’hoqxon Ibrat majmuasi loyihasining asosiy qismi bajarildi

To‘raqo‘rg‘onda umumiy qiymati 13 mlrd 500 mln so‘m bo‘lgan Is’hoqxon Ibrat majmuasi loyihasining asosiy qismi bajarildi


Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi “Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida atoqli ma’rifatparvar Is’hoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi O‘zA.

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan To‘raqo‘rg‘on tumani markazida Is’hoqxon Ibrat xotirasini abadiylashtirish maqsadida memorial majmua barpo etilmoqda.

Xotira majmuasi Kosonsoy soyining chap sohilida 2 gektardan ziyod maydonni egallaydi. Umumiy loyiha qiymati 13 milliard 500 million so‘m bo‘lgan majmua bog‘-xiyobon Is’hoqxon Ibratning haykali, milliy me’morlik uslubidagi ayvon, chet tillarga ixtisoslashtirilgan 400 o‘rinli maktab-internat, hududdagi G‘oyibnazar qozi madrasasi me’moriy yodgorligi asosida xalq amaliy san’ati va badiiy hunarmandlik markazi, Ibrat nomidagi zamonaviy bosmaxona, 140 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi va boshqa badiiy kompozitsiyali elementlarni o‘z ichiga oladi.

Ayni paytda loyihada ko‘zda tutilgan ishlarning asosiy qismi bajarildi. Jumladan, maktab-internat binosining asosiy korpusi qurib bitkazildi, tashqi va ichki pardozlash ishlari olib borilmoqda. Sport zali qurilishi boshlab yuborildi. Majmua tarkibidagi G‘oyibnazar qozi madrasasida restavratsiya ishlari ham nihoyasiga yetkazilmoqda. Xiyobonning o‘ng tarafidan o‘tgan soyning ikki sohili rekonstruksiya qilinmoqda, kelgusida mazkur sohil odamlar sayr qiladigan, mazmunli hordiq chiqaradigan maskanga aylanadi.

Dostonbek Bahodirjon o‘g‘li, To‘raqo‘rg‘on tumani bosh arxitektori

Tuman bosh arxitektorining so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda chet tillarga ixtisoslashgan maktab-internat o‘quvchilari uchun yotoqxona qurilishi ham boshlanadi. Ayni paytda mazkur inshoot uchun ajratilgan maydonda tuproq ishlari bajarilmoqda.

Is’hoqxon to‘ra Ibrat 1862-yilda To‘raqo‘rg‘on yaqinidagi Sayram qishlog‘ida tug‘ilgan. Arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz va fransuz tillarini yaxshi bilgan, eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini o‘rgangan. Serqirra ijodkor sifatida “Lug‘ati sitta al-sina” (“Olti tilli lug‘at”), “Jome’ ul-xutut” (“Xatlar majmui”), “Tarixi Farg‘ona”, “Tarixi madaniyat”, “Mezon uz-zamon” (“Zamon tarozusi”), “San’ati Ibrat, qalami Mirrajab Bandiy” kabi o‘ndan ortiq ilmiy-tarixiy va ma’rifiy asarlar yaratgan. Ibrat domla 1886-yildayoq eski maktabga nisbatan birmuncha ilg‘or bo‘lgan maktab ochgan. 1907-yilda esa yangi “usuli savtiya” maktabi tashkil etib, qishloq bolalarini o‘qitgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют