» » Rossiya harbiylari IShID Suriya armiyasiga AQSh missiyasi hududidan hujum qilganini bildirdi

Rossiya harbiylari IShID Suriya armiyasiga AQSh missiyasi hududidan hujum qilganini bildirdi


IShID terrorchi guruhi jangarilari Suriya hukumat qo‘shinlariga AQSh harbiy missiyasi o‘rnashgan hududdan hujum qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.

Uning so‘zlariga qaraganda, bu hujumlar Suriya–Iordaniya chegarasidagi at-Tanf aholi punkti atrofidagi 50 kilometrlik zonadan turib amalga oshirilgan.

“O‘sha hududda AQSh harbiy missiyasi joylashgan. Amerikaliklar u yerga terrorchilarni ta’qib qilayotgan hatto to‘p zarbi masofasiga ham yaqinlashtirmas edi”, — dedi harbiy amaldor.

Aytilishicha, Suriya armiyasi Palmira – Dayr az-Zavr trassasida terrorchilarni yo‘q qilishga katta kuch sarflagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-10-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют