» » Boris Jonson Liviya plyajlaridan murdalarni yig‘ishtirib, ikkinchi Dubay qurishni taklif qildi

Boris Jonson Liviya plyajlaridan murdalarni yig‘ishtirib, ikkinchi Dubay qurishni taklif qildi


Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Liviya haqidagi so‘zlaridan so‘ng siyosiy mojaro keltirib chiqardi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

Manchesterdagi chiqishi chog‘ida Jonson Britaniya investitsiyalarining Shimoliy Afrikadagi istiqbollari haqida gapirdi.

“Buyuk Britaniya korxonalarida Sirt plyajlarini obodonlashtirib, ma’muriyatga uni ikkinchi Dubayga aylantirish rejalari bor. Faqat joyni murdalardan tozalash kerak”, — dedi TIV rahbari.

Uning so‘zlari partiyadoshlarining g‘azabini keltirdi. Jumladan, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Sara Uollaston Jonson bu bayonoti bilan konservatorlarni sharmanda qilganini ta’kidladi. Uning fikriga partiyaning bir qancha oliy martabali namoyandalari qo‘shildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют