» » Pulni behuda sarflashimizga sabab bo‘ladigan 3 xato

Pulni behuda sarflashimizga sabab bo‘ladigan 3 xato


Bu maqolamizda mablag‘ingizning behuda sarflanishiga sabab bo‘ladigan ommabop xatolar haqida aytib bermoqchimiz.

Siz hayotingizda hech bo‘lmasa bir marta do‘kondan o‘zingiz sotib olishni rejalashtirmagan buyumlar solingan paketlar bilan chiqqan bo‘lishingiz muqarrar. Hammasi o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi: ko‘rasiz, xohlaysiz, sotib olasiz.

Bunday odat bilan kurashishga rejalashtirish va sotib oladigan narsalarning ro‘yxatini tuzish yordam beradi. Agar siz do‘konga kechki ovqat uchun oziq-ovqatlarni sotib olishga chiqayotgan bo‘lsangiz, ortiqcha hech narsa olmang.

Sizga qancha pul kerak bo‘lishini oldindan hisoblang va o‘zingiz bilan faqat shuncha oling. Shunday qilsangiz ortiqcha narsalarni olmaslikka harakat qilasiz.

Odamlar haqiqatda kerak bo‘ladiganidan ko‘ra ko‘proq sotib olishadi. Tajribadan ma’lumki, biz orzu qilgan narsalarning ko‘pchiligi sotib olingandan keyin ishlatilmasdan qolib ketadi. Shuning uchun ortiqcha narsalarni sotib olmaslikka harakat qiling.

Beixtiyor xarid qilishlar yuz bermasligi uchun tartib joriy qilishga to‘g‘ri keladi. Unchalik zarur bo‘lmagan biron narsani sotib olishni juda xohlagan paytingizda o‘ylab ko‘rish uchun biroz to‘xtab oling.

Bu vaqt tugaguncha, siz hayot uchun juda muhim bo‘lib ko‘ringan narsa haqida butunlay unutishingiz ehtimoli mavjud.

Hatto siz ba’zi miqdordagi pulni muntazam ravishda yig‘ib qo‘yishga qat’iy qaror qilgan bo‘lsangiz ham oxir-oqibat bu niyatingiz chippakka chiqish ehtimoli ko‘proq.

Naqd pulni saqlash — unchalik yaxshi fikr emas. Har qanday vaziyatda ham siz bu yig‘ilgan pullardan bemalol ishlata olasiz. Buning ustiga harakatsiz yotgan pullardan hech qanday foyda yo‘q: ertami-kechmi ular butunlay qadrsizlanib ketadi.

Eng yaxshi yo‘li — qoldig‘iga foiz qo‘shiladigan bank kartasiga qo‘yish. Hisobingizda ma’lum miqdorda pul qoldig‘i bo‘lgani uchun bank muntazam ravishda sizga pul tashlab turadi. Birinchidan, bu jamg‘armaga teginmaslik uchun sabab bo‘ladi, ikkinchidan, ular sizning ishtirokingizsiz biroz ko‘payadi.

Manba: Trendymen

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-10-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют