» » Tereza Mey nutq so‘zlayotgan paytda unga iste’fo haqidagi hujjatlarni tutqazishdi (video)

Tereza Mey nutq so‘zlayotgan paytda unga iste’fo haqidagi hujjatlarni tutqazishdi (video)


Buyuk Britaniya bosh vaziri o‘z partiyasi yig‘ilishida Tereza Mey nutq so‘zlayotgan paytda unga iste’fo haqidagi hujjatlarni tutqazishdi, deb xabar beradi TJournal.

Britaniyalik qiziqchi Saymon Brodkin Konservativ partiya syezdiga kirib olib, minbarda turib gapirayotgan mamlakat bosh vaziri Teraza Meyning qo‘liga P45 shaklini tutqazdi. Ushbu hujjat fuqaro ish o‘rnini almashtirganda soliq organlari uchun to‘ldirib beriladi.

Bir muddatdan so‘ng xavfsizlik xodimlari Brodkinni tutib, uni zaldan chiqarib yubordi.

Qiziqchi jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Tereza Meyga uning partiyadoshi, tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning maktubini topshirganini ma’lum qildi.

O‘z vaqtida Brexit masalasida Mey xonimga keskin qarshi chiqqan Jonson iste’fo amalga oshgan taqdirda bosh vazirning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют