» » Pentagon IShID bilan hamkorlik haqidagi ayblovlarni inkor qildi

Pentagon IShID bilan hamkorlik haqidagi ayblovlarni inkor qildi


Pentagon Suriya hududida IShID bilan hamkorlik qilgani haqidagi ayblovlarni inkor qildi. bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Muqaddam Rossiya mudofaa vazirligi IShID terrorchi guruhi jangarilari Suriya hukumat qo‘shinlariga AQSh harbiy missiyasi o‘rnashgan hududdan hujum qilgani haqida bayonot bergan edi.

“Koalitsiya kuchlari hali ham IShIDni tor-mor keltirish ustida ishlamoqda. AQSh kuchlari va bizning hamkorlarimiz terrorchi guruhlari bilan ishlayotgani haqidagi har qanday iddaolar asossiz bo‘lib, ular IShIDni yo‘q qilish ishiga yordam bermaydi”, — ma’lum qildi Pentagon matbuot xizmati vakili Edrian Renkin-Gellouey “RIA Novosti” bilan suhbatda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-10-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют