» » Honda birinchi marta Yaponiyada yirik zavodini yopadi

Honda birinchi marta Yaponiyada yirik zavodini yopadi


Honda Motor o‘z tarixida birinchi marta Yaponiyadagi yirik zavodda avtomobillar ishlab chiqarishni to‘xtatish va uni yopishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Xabar berilishicha, Saytama prefekturasida joylashgan Sayama shahridagi zavod o‘z ishini 2021-yilda to‘xtatadi, keyinchalik uning ishi shu prefekturadagi boshqa zavodga biriktiriladi.

Honda ichki bozordagi talabning pasaygani hamda haydovchisiz va elektr avtomobillarni ishlab chiqarish munosabati bilan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarining o‘sgani sababli Yaponiyadagi strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi.

Saytama prefekturasidagi zavodlarning ishi mustahkamlanganidan so‘ng Honda Yaponiyada ichki bozor uchun jami 700 mingta va eksport uchun 100 mingta avtomobil ishlab chiqaradi. O‘tgan yili kompaniya Yaponiyada 820,2 mingta mashina ishlab chiqargan bo‘lib, shundan 147,2 mingtasi eksport qilingan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют