» » Fransiyada ovchi pensionerni to‘ng‘iz deb o‘ylab, uni otib qo‘ydi

Fransiyada ovchi pensionerni to‘ng‘iz deb o‘ylab, uni otib qo‘ydi


Fransiya janubidagi Var departamentida ovchi 60 yoshli pensionerni to‘ng‘iz deb o‘ylagan va uni otib qo‘ygan. Bu haqda Var-Matin nashri xabar bermoqda.

Hodisa 2-oktabr kuni kechqurun yuz bergan. Quyosh botish vaqtida ovchi butalar orasidan kelayotgan ovozni eshitgan va o‘sha tomonga uch marta o‘q uzgan. Biroq uning o‘ljasi yovvoyi hayvon emas, balki mahalliy qariya erkak bo‘lib chiqqan.

Mahalliy politsiyachilar ishi yurishmagan ovchini qo‘lgan olgan. Prokuratura vakilining so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar bo‘lib o‘tgan voqeaning barcha holatlarini aniqlashtirishga harakat qilmoqda.

O‘z navbatida, mahalliy ovchilar jamiyati rahbarining ma’lum qilishicha, bunga o‘xshash baxtsiz hodisa mazkur o‘lkada o‘n yil avval yuz bergan. Shu bilan birga, u mazkur hodisa joriy yilda ov mavsumi ochilganidan buyon yakka ov qilishda ehtiyotkorlik qoidalarining qo‘pol buzilishi bilan bog‘liq uchinchi holat ekanligini bildirgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют