» » 4 ta oddiy mashq yordamida bag‘baqani yo‘qotamiz

4 ta oddiy mashq yordamida bag‘baqani yo‘qotamiz


Ba’zi hollarda bag‘baqa paydo bo‘lishining oldini olish qiyin, ayniqsa siz ortiqcha vazn yig‘ishga ulgurgan bo‘lsangiz. Lekin ba’zan ortiqcha vazn muvaffaqiyatli ravishda kamaytirilsa ham bag‘baqa yo‘qolmaydigan holatlar uchraydi. Bunday hollarda xafa bo‘lish yoki darhol plastik jarrohlik yordamiga yugurish kerak emas – bir-ikki hafta ichida bag‘baqalarni yo‘qotishga imkon beradigan yuqori samara beruvchi mashqlar bor.

Og‘izni kattaroq ochamiz va tilni tashqariga iloji boricha ko‘proq chiqaramiz – uning uchini  burunga yoki iyakka tegizishga harakat qiling. Tilni bunday holatda 10 soniya ushlab turing. Bu mashqni 10 marta takrorlang.

Krovat ustiga bir tomondan boshni, bir tomondan esa oyoqlarni osiltirib ko‘ndalang holatda yoting. Boshni butun tanani ko‘radigan darajada yuqori ko‘taramiz. Yelkalar ko‘tarilmasdan joyida turadi. 10 soniya shu holatda ushlab turamiz. 2-3 marta takrorlaymiz.

Dastlabki holat – turish. Bosh asta-sekinlik bilan orqaga qilinadi, nigohni ustingizdagi shipga qaratasiz. Shipdagi nuqtaga intiling. Xuddi siz uni o‘pmoqchi bo‘layotgandek. Shu holatda 7-8 soniya turing. 15 marta qaytaring.

Asta-sekinlik bilan, keskin harakatlarsiz boshingizni orqaga tashlab bir yelkadan ikkinchisiga tomon aylantirishni boshlang va yana dastlabki holatga qayting. Yelkalarni tushiring, qomatingizni to‘g‘ri tuting. O‘n marta takrorlang.

Bag‘baqadan oson va tez qutulishning asosiy sharti – bu batartiblik va muntazamlik hisoblanadi.

Manba: “Lady.mail.ru”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют