» » O‘zbekistonda paxta dalalari maydoni 14,5 foizga qisqartiriladi

O‘zbekistonda paxta dalalari maydoni 14,5 foizga qisqartiriladi


Avval xabar berganimizdek, 2017-yil 4-oktabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida senatorlar qaror qabul qildi, unga ko‘ra Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi tuziladi.

Qarorga muvofiq hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasiga bozor mexanizmlarini, hozirgi zamon fan va texnika yutuqlarini joriy etishni davom ettirish, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, mexanizatsiyalangan terimni keng qo‘llash uchun shart-sharoit yaratib beradigan hamda qishloq xo‘jaligi sohasini mexanizatsiyalashdan maksimal samara beradigan g‘o‘zaning yangi navlarini yetishtirish, shuningdek, jalb etilayotgan mavsumiy ishchilarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirishning turli usullarini ishlab chiqish, bu sohadagi mehnat munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko‘riladi.

“Gazeta.uz” yozishicha, 2016-yilgi hosildan boshlab, besh yil davomida paxta dalalari maydonini 185 ming gektarga yoki 14,5 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori Shuhrat Teshayev aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘o‘zadan bo‘shagan yerlarga sabzavot ekinlari, shu jumladan, kartoshka, yem-xashak ekinlari va moy beradigan o‘simliklar ekiladi, intensiv bog‘lar va uzumzorlar barpo etiladi.

Natijada 2020-yilga kelib, meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz ekinlari ishlab chiqarishni kamida 2,3 marta ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Uch yil ichida qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti 3 marta o‘sishi kerak”, — dedi vazir o‘rinbosari.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 61) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют