» » Mexiko hukumati zilziladan so‘ng qidiruv ishlarini yakunladi

Mexiko hukumati zilziladan so‘ng qidiruv ishlarini yakunladi


19-sentabr kuni Mexikoda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlarning jasadini qidirish ishlari yakunlandi. Bu haqda Meksika poytaxti meri Migel Anxel Mansera ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida mamlakat bo‘ylab 369 kishi halok bo‘lgan, shundan 228 kishi Mexiko hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

“Mexiko shahrida halok bo‘lganlar jasadini qidirish ishlari tugatildi, bizda boshqa bedarak yo‘qolgan birorta ham odam qolmadi, vayronalarni tozalash ishlarini davom ettirmoqdamiz, biroq odamlarni qidirish maqsadida emas”, — dedi Mansera Milenio televideniyesiga bergan intervyuda.

Shuningdek, uning ma’lum qilishicha, vayronalar ostidan 69 kishi qutqarib olingan, ularning 16 nafari hamon shifoxonada, uchtasining ahvoli og‘ir.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют