» » Istanbulda AQSh bosh elchixonasi xodimi FETO’ga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olindi

Istanbulda AQSh bosh elchixonasi xodimi FETO’ga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olindi


Turkiya xavfsizlik kuchlari AQSh bosh elchixonasining Istanbuldagi xodimini qo‘lga oldi. Bu haqda Daily Sabah nashriga tayanib “Kommersant” xabar berdi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lgan olingan xodim FETO tashkilotiga aloqasi borlikda gumonlanmoqda. Qo‘lga olingan Metin Topuzga nisbatan “josuslik” va “konstitutsion tartibni buzish” ayblovlari ilgari surilgan.

Tergovning aniqlashicha, Topuz FETO’ga bog‘liqligi bor taniqli politsiya rahbari bilan, shuningdek, hukumatdagi keng ko‘lamli korrupsiya ishini tergov qilgan sobiq turk prokurori Zakeriya Oz bilan aloqa o‘rnatgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili harbiylar Turkiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan, buning oqibatida 240 nafar turk fuqarosi halok bo‘lgan, 2 mingga yaqin odam jarohat olgan. Turkiya hukumati ushbu to‘ntarishga muxolifatchi, FETO tashkiloti rahbari Fathulloh Gyulenning aloqasi bor degan da’voni ilgari surgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-10-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют