» » Oyatulloh Xomanaiy: Eron va Turkiya Iroq Kurdistoni mustaqilligiga yo‘l qo‘ymasligi lozim 

Oyatulloh Xomanaiy: Eron va Turkiya Iroq Kurdistoni mustaqilligiga yo‘l qo‘ymasligi lozim 


Eron va Turkiya Iroqning kurd avtonomiyasi ajralib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi lozim. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan Tehrondagi uchrashuvi chog‘ida Eron diniy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Iroq Kurdistonidagi referendum mintaqada yangi Isroil tuzishga intilayotgan Vashington va Tel-Aviv manfaatlariga xizmat qildi. Eron va Turkiya bunga qarshi turish uchun barcha kerakli choralarni ko‘rishi zarur”, — dedi Eron diniy yetakchisi.

Turkiya prezidenti 4-oktabr, chorshanba kuni Eronda hamkasbi Hasan Ruhoniy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Davlat rahbarlari yakuniy kommyunikeda Iroq hududiy yaxlitligi tarafdori ekanliklarini tasdiqlab, Bag‘dodning mamlakat birligini saqlab qolishga qaratilgan har qanday harakatini qo‘llab-quvvatlashga tayyorliklarini bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют