» » AQSh BMTga a’zo davlatlarni yadro qurolini taqiqlash haqidagi shartnomani imzolamaslikka chaqirdi

AQSh BMTga a’zo davlatlarni yadro qurolini taqiqlash haqidagi shartnomani imzolamaslikka chaqirdi


Qo‘shma Shtatlar BMTga a’zo mamlakatlarni ishlab chiqilishida hech bir yadroviy davlat qatnashmagan yadro qurolini taqiqlash haqidagi shartnomani imzolamaslikka chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Bizni 20-sentabrdan imzolash uchun ochilgan mazkur shartnoma nafaqat befoyda, balki samarasiz ham ekanligi tashvishga solmoqda. Hujjat siyosiy kelishmovchiliklar kuchayishiga olib keladi. KXDR bilan bog‘liq vaziyat, afsuski, yadroviy tiyib turishni zaruratga aylantirmoqda” , — dedi AQSh Davlat kotibining qurollanish ustidan nazorat bo‘yicha yordamchisi Anita Fridt.

Yadro qurolini taqiqlash haqidagi shartnoma joriy yil 7-iyulida yadroviy davlatlar, jumladan, Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSh va Fransiya qatnashmagan muzokaralar natijalari bo‘yicha qabul qilingandi.

Uning ishtirokchilari hech qachon va har qanday sharoitda ham yadro qurolini tayyorlamaslik, sinovdan o‘tkazmaslik, ishlab chiqarmaslik va to‘plamaslik, qo‘llamaslik va qo‘llash bilan tahdid qilmaslik majburiyatini oladi.

Shartnoma unga 50 davlat qo‘shilganidan so‘ng 90 kun o‘tib kuchga kiradi. Hozirda ushbu hujjatni 50 ga yaqin mamlakat imzoladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют