» » Almazbek Atambayev Toshkentga uchib ketdi

Almazbek Atambayev Toshkentga uchib ketdi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirish uchun 5-oktabr kuni Toshkentga uchib ketdi. Bu haqda “AKIpress” xabar bermoqda.

O‘zA axborotiga ko‘ra, Atambayevning tashrifi davomida ikki davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadi.

Davlat rahbarlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyuradi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif doirasida turli sohalarda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют