» » AQSh harbiy patruli Nigerda o‘qqa tutilishi oqibatida 3 nafar harbiy halok bo‘ldi

AQSh harbiy patruli Nigerda o‘qqa tutilishi oqibatida 3 nafar harbiy halok bo‘ldi


AQSh va Niger qo‘shma patruli Afrika mamlakati janubi-sharqida o‘qqa tutildi. Hujum oqibatida uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda, deb yozadi “RBK”.

Hodisa o‘quv missiyasi chog‘ida, harbiylar pistirmada ekanligida yuz bergan. O‘qqa tutish oqibatida yana ikki nafar amerikalik harbiy xizmatchi jarohat oldi.

Nashr manbalarining ma’lum qilishicha, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgan joy yaqinida “Al-Qoida” guruhi hujumlar uyushtirgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Niger harbiylari ham yo‘qotishga uchragan, biroq bu mamlakat hukumatidan rasmiy ma’lumotlar hozircha yo‘q.

The New York Times’ning ta’kidlashicha, hodisa Qo‘shma Shtatlar maxsus topshiriqli qo‘shinlari Nigeriya qurolli kuchlariga terrorchilik guruhlariga qarshi kurashishga yordam ko‘rsatish va xavfsizlikni ta’minlash doirasidagi birinchi qurbonlardir.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders Amerika prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylar o‘limi haqida xabardor etilganligini ma’lum qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют