» » Almazbek Atambayevni Toshkent aeroportida Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga kutib oldi

Almazbek Atambayevni Toshkent aeroportida Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga kutib oldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 5-oktabr kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev va uning rafiqasini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan kutib oldi.

“O‘zbekiston Prezidentining 5—6-sentabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida ikki davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilinishi, shuningdek, turli sohalarda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Prezidentlarning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-10-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют