» » Angliyaning 6 yetakchi klubi istayotgan masalaga qolgan 14 jamoa keskin qarshi chiqdi

Angliyaning 6 yetakchi klubi istayotgan masalaga qolgan 14 jamoa keskin qarshi chiqdi


Angliya Premyer-Ligasi teletranslyatsiyalardan eng katta daromad qiladigan liga hisoblanadi. 2016—2019-yillar uchun mo‘ljallangan smetaga ko‘ra, saf foyda 1,7 milliard funtni tashkil qilishi kerak.

25 yildirki, Angliya klublari teletranslyatsiyalardan tushgan foydani teng taqsimlab keladi. Bunda yetakchilardan tortib, so‘nggi o‘rinda borayotgan klublarga qadar bir xilda ulush oladi.

Ammo so‘nggi yillarda APLning eng oldi 6 jamoasi bu sistemaga qarshi chiqishni boshladi. Teletranslyatsiyalar huquqini sotib olayotgan kompaniyalar asosan “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Arsenal”, “Chelsi” va “Tottenhem” ishtirokidagi uchrashuvlarni namoyish etadi. Aynan ularning o‘yiniga bo‘lgan talab kattaroq. Demak, foydani taqsimlash ham shunga yarasha bo‘lishi kerak.

APL rahbari Richard Skademor telehuquqlardan tushadigan foydani chempionatda egallangan o‘rindan kelib chiqib taqsimlash taklifini bergandi. Ammo qolgan 14 ta jamoa bu taklifga ham rozi bo‘lmadi. Ular tenglik saqlanib qolishi tarafdori.

“Championat.asia” nashrining BBС News’ga asoslanib ma’lum qilishicha, Angliya 2019—2022-yillar uchun bo‘lgan rejalarni ham allaqachon ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, AQSh, Xitoy va Afrikaning ayrim davlatlari telehuquqlar uchun ajratiladigan summalarni ko‘paytiradi. Natijada sof foydaga qo‘shimcha 476 million funt qo‘shiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-10-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют