» » “Sport” JCh—2018 yo‘lida O‘zbekistonni qoldirib ketgan Suriyaning Avstraliya bilan o‘yinini ko‘rsatadi

“Sport” JCh—2018 yo‘lida O‘zbekistonni qoldirib ketgan Suriyaning Avstraliya bilan o‘yinini ko‘rsatadi


O‘zMTRKning “Sport” telekanali JCh—2018 pley-off bosqichidan joy olgan Suriya — Avstraliya o‘yinini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etadi. Uchrashuv translyatsiyasi teledasturlardan joy olgan.

Suriya termasi saralashning “A” guruhida, Avstraliya esa “B” guruhida 3-o‘rinni egallagan. Ulardan ustunroq bo‘lgan Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya va Saudiya JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritgan. Endi Suriya va Avstraliya Osiyo uchun taqdim etilgan qo‘shimcha 0,5 ta yo‘llanmani 1 taga aylantirish uchun 2 ta uchrashuv o‘tkazadi. G‘olib tomon Shimoliy Amerika mintaqasining to‘rtinchi termasiga raqib bo‘ladi.

Suriyadagi notinch vaziyat sabab o‘yin Malayziyada bo‘lib o‘tadi. Suriya “A” guruhidan joy olgan va o‘z maydonida o‘tishi kerak bo‘lgan 5 ta uchrashuvni ham Malayziyada o‘tkazishga majbur bo‘lgandi. Bu borada Samvel Babayan boshqaruvidagi O‘zbekiston termasi ham Malayziyaga borib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Suriya — Avstraliya o‘yini 5-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:30 da start oladi. Javob o‘yini 10-oktabr kuni Avstraliyada o‘tadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-10-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют