» » FQB Las-Vegasdagi otishmani terrorchilikka aloqasi yo‘q deb hisoblamoqda

FQB Las-Vegasdagi otishmani terrorchilikka aloqasi yo‘q deb hisoblamoqda


Federal qidiruv byurosi (FQB) hozircha Las-Vegasdagi otishma xalqaro terrorchilik akti ekanligini isbotlovchi hech qanday dalillarni topmadi. Bu haqda FQBning maxsus agenti Aaron Rouz ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, FQB hech qanday imkoniyatini istisno qilmayapti. “Biz taxminlarga yopishib olganimiz yo‘q, biz aniq faktlarni aniqlashimiz lozim”, — dedi u matbuot anjumanida.

Las-Vegas sherifi Jozef Lombardoning ma’lum qilishicha, Stiven Peddok jinoyat sodir etilgan joydan qochishni rejalashtirgan. Uning qayd etishicha, amerikalik “o‘n yillar davomida qurol yig‘gan” va “maxfiy hayot tarzini kechirgan”, biroq sherif tafsilotlarni bayon etishni istamadi. Lombardoning so‘zlariga ko‘ra, hozirda politsiya “mergan”ga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan odamlarni qidirmoqda. “Balki u superagentdir va bir o‘zi harakat qilgandir, biroq bunga ishonishim qiyin”, — dedi sherif. Peddokning avtomobilidan 1,6 ming dona o‘q-dori zaxiralari, shuningdek, pnevmatik qurollar orqali otishga mo‘ljallangan 20 kilogrammdan og‘irroq portlovchi vositalar konteynerlari aniqlangan.

CNN telekanalining ma’lum qilishicha, Stiven Peddokning ayol do‘sti Merilu Denli o‘zining advokati orqali birinchi bayonotini e’lon qilgan. Yuristning so‘zlariga ko‘ra, Peddok Denli vatani — Filippinga uchishi uchun ikki hafta oldin samolyotga chipta sotib olgan. Ammo bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng, u tergov ishida yordam ko‘rsatish maqsadida o‘z xohishi bilan Qo‘shma Shtatlarga qaytgan. U bilan FQB hamda Las-Vegas politsiyasi suhbatlashib ulgurgan.

Denlining ta’kidlashicha, u Stiven Peddokda “qandaydir qo‘rqinchli” narsani rejalashtirayotganlik alomatlarini ko‘rmagan.

Stiven Peddok 1-oktabr oqshomida Las-Vegasdagi kantri-festival qatnashchilariga qarata o‘t ochgan edi. Buning oqibatida 58 kishi halok bo‘lgan va 500 dan ortiq odam jarohat olgan. Bu AQSh tarixidagi eng yirik ommaviy qotillik deyilmoqda.

Mavzuga doir: AQSh rasmiylari Las-Vegasdagi otishmada halok bo‘lgan deyarli barchaning shaxsini aniqladi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-10-2017, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют