» » Farg‘onada yosh yigitni vaxshiylarcha do‘pposlab, uni tasvirga olgan 5 nafar fuqaro qo‘lga olindi

Farg‘onada yosh yigitni vaxshiylarcha do‘pposlab, uni tasvirga olgan 5 nafar fuqaro qo‘lga olindi


Ichki ishlar organlari tomonidan Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaroning sha’ni, qadr-qimmatini poymol qilganlikda va ushbu holat tasvirlangan videorolikni internet tarmog‘i orqali tarqatganlikda gumonlanayotgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

2017-yilning 29-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir necha noma’lum shaxslar yosh yigitni vaxshiylarcha do‘pposlayotgani va haqorat qilayotgani aks ettirilgan videorolik tarqatilgan edi.

IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, yuqorida qayd etilgan jinoyatni sodir etgan besh nafar shaxs aniqlanib ushlangan. Ulardan besh dona mobil telefonlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi, 112-moddasi 1-qismi, 140-moddasi 2-qismi, 164-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda ushlangan shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют