» » Las-Vegasdagi “mergan”ning ayol do‘sti fojiadan so‘ng birinchi bor bayonot berdi

Las-Vegasdagi “mergan”ning ayol do‘sti fojiadan so‘ng birinchi bor bayonot berdi


Amerikalik Stiven Peddokning ayol do‘sti 62 yoshli Merilu Denli “mergan”ning rejalari haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmaganligini ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

“U menga hech nimani aytmagan va qandaydir qo‘rqinchi hodisa sodir bo‘lishi mumkinligi borasida hech qanday sha’ma ham qilmagan”, — deyiladi Denlining advokati Mettyu Lombard tomonidan e’lon qilingan bayonotida.

Denlining so‘zlariga ko‘ra, Peddok “mehribon, g‘amxo‘r va bosiq odam” bo‘lgan.

64 yoshli amerikalik Stiven Peddok 2-oktabrga o‘tar kechasi Mandalay Bay mehmonxonasining 32-qavatidan turib kantri musiqiy festivaliga yig‘ilganlarga qarata o‘t ochgan edi. Buning oqibatida 58 kishi halok bo‘lgan va 520 dan ortiq odam jarohat olgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют