» » Erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga 9 oyda 260,9 millard so‘m bojxona imtiyozlari qo‘llanildi

Erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga 9 oyda 260,9 millard so‘m bojxona imtiyozlari qo‘llanildi


Davlat bojxona qo‘mitasida “O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirishda bojxona imtiyozlarining roli” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zA.

Hozirgi kunda O‘zbekistonning 10 ta hududida 14 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunga qadar mazkur zonalarda 62 loyiha amalga oshirilgan, 87 loyiha bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Joriy yilning shu paytiga qadar erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga bojxona to‘lovlaridan 260,9 millard so‘m imtiyozlar qo‘llanilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 8,4 barobarga oshgan.

O‘zbekistonda texnoparklar va kichik sanoat zonalarini tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida hozirgi kunda 90 dan ortiq texnopark va kichik sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Matbuot anjumanida texnopark qatnashchilari yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslarning mulk solig‘i, ijtimoiy infrastrukturani obodonlashtirish va rivojlantirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod etilgani qayd etildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 37) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют