» » Buxoroda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda

Buxoroda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda


Buxoro viloyati Gazli shahridagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish davriga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Gazli viloyat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadigan sanoat markazlaridan biri. Shahar atrofi hamda undan bir necha o‘nlab kilometr olisda joylashgan neft va gaz qazib chiqarish konlari va “zangori olov”ni mamlakat iste’molchilariga magistral quvurlar orqali yetkazib beruvchi korxona faoliyat yuritmoqda. Ushbu iqtisodiyot tarmoqlarida ham tegishli obyektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha texnikaviy va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kulbeshkek gaz konida 17 kilometr masofada elektr energiyasi uzatuvchi havo liniyasi tarmog‘i qurildi. Doyaxotin gaz konida vaxta usulida faoliyat ko‘rsatadigan va 25 ishchi-xizmatchiga mo‘ljallangan turar-joy binosi barpo etildi.

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi tizimidagi quvurlarning 12 kilometri, siquv kompressorlari agregat va inshootlari joriy hamda mukammal ta’mirlandi.

Shahar markazidagi Gazli mahallasida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi mablag‘lari hisobidan yangi modullashtirilgan qozonxona ishga tushirildi. Umumiy qiymati 800 million so‘mlik o‘ziga xos ushbu “isitish markazi” kompyuterlashtirilgan bo‘lib, undagi barcha jarayonlar avtomatik boshqariladi. Qozonxona resurs tejamkor texnologiyalar bilan jihozlangan. Shu bois, u amaldagi turdoshlariga nisbatan elektr energiyasi va tabiiy gazni to‘rt barobargacha kam sarflaydi. Qozonxona Uchqir va Amir Temur ko‘chalaridagi o‘nta ko‘p qavatli uy va ma’muriy binolarni issiqlik bilan ta’minlaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-10-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют