» » JCh—2018. O‘zbekistonni mundialdan chetda qoldirgan gol muallifi Suriyani ikkinchi bor qutqardi

JCh—2018. O‘zbekistonni mundialdan chetda qoldirgan gol muallifi Suriyani ikkinchi bor qutqardi


Umar As-Somahning goli sabab Suriya termasi JCh—2018 pley-offining birinchi o‘yinida Avstraliya bilan durang o‘ynadi — 1:1.

Suriyadagi notinch vaziyat sabab Avstraliya o‘yin uchun Malayziyaga tashrif buyurdi. Germaniyaning “Boxum” klubi safida to‘p suradigan Robbi Kruz birinchi bo‘limda yashil qit’a termasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, uchrashuv asosiy vaqti yakuniga 5 daqiqa qolganida suriyaliklar As-Somahning aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi.

Tomonlarning javob o‘yini 5 kundan so‘ng Sidneyda bo‘lib o‘tadi va uni o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqaradi.

Umar As-Somah JCh—2018 saralashining so‘nggi turida va so‘nggi soniyasida Eron darvozasiga gol urib, Suriyaning 2:2 hisobidagi durangi uchun zamin yaratgan va aynan o‘sha gol sabab O‘zbekiston termasi Rossiya—2018 umididan butkul uzilgandi.

Osiyo pley-offida g‘olib chiqqan jamoa Shimoliy Amerika saralashining 4-o‘rni bilan cheklangan termaga raqib bo‘ladi.

JCh—2018. Pley-off
Osiyo mintaqasi
5-oktabr, payshanba

Gollar: Robbi Kruz, 41 (0:1). Umar As-Somah, 85-pen (1:1).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-10-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют