» » Erdo‘g‘on Iroq va Eron bilan birgalikda Kurdiston orqali o‘tadigan neft oqimini to‘xtatishga va’da berdi

Erdo‘g‘on Iroq va Eron bilan birgalikda Kurdiston orqali o‘tadigan neft oqimini to‘xtatishga va’da berdi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ma’lum qilishicha, Anqara Bag‘dod va Tehron bilan hamkorlikda Iroq Kurdistoni orqali neft yetkazib berilishini to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Erdo‘g‘on neftga boy Kirkuk viloyatining Iroq Kurdistoni mustaqilligi uchun bo‘lib o‘tgan referendum harakatlari ta’siriga tushib qolganini tanqid qildi.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kurdistonga qarshi neft embargolarining joriy qilinishi neft narxining oshishiga olib kelishini ma’lum qilgandi.

Iroq Kurdistoni mustaqilligi uchun referendum 25-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Saylovchilarning 92 foizdan ortig‘i Iroqdan ajralib chiqishni yoqlab ovoz bergan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-10-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют